
Ronaldu transferiga bog‘liq bo‘lgan Pogba va Ikardi
«Yuventus» klubi yulduzi Krishtianu Ronaldu yozgi transferlar davrasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, portugaliyalik futbolchi PSJ yoki “Manchester Yunayted” bilan shartnoma imzolashi mumkin. Agarda 36 yoshlik Ronaldu Parijga o‘tadigan bo‘lsa, u Kilian Mbappening o‘rnini to‘ldiradi va bu transferga Mauro Ikardi qo‘shib beriladi. Ammo jamoalar hozircha, muzokaralar o‘tkazmayapti.
Qolaversa, Ronalduga MYu ham da’vogar. Manchesterliklar o‘zining sobiq futbolchisini qaytarish uchun “Yuve”ga Pogbani berishi mumkin. Krishtianu “Manchester Yunayted”ga qaytishi uchun maoshi kamayishiga rozi bo‘lishi muhim hisoblanadi.
Italiya OAVda yozilishicha, Ronaldu Turinda o‘zini baxtli his etmayapti. Allegrining kelishi esa ko‘plab futbolchilarning faoliyatiga ta’sir qilishi mumkin.
Fikrlar