Ronaldu sevgisi uchun jarima to‘laydi!

  • 29 yanvar, 2021, 21:33
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu yana pandemiya qoidalariga zid ish qildi. Shunday bo‘lsada, uni bunda ayblash noo‘rin. Sababi...

Tecno

Qorli kurortga sayohat

weeeee

Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges tog‘li region - Kurmayoreda ikki kunni o‘tkazishdi. Krish o‘z sevgilisining tug‘ilgan kuni sababli, bayram uyushtirishga qaror qilgan. «Corriera Della Sport» nashrining ma’lum qilishicha, juftlik manzilga etib borish uchun qizil hududda joylashgan Pemont Valled Aostani kesib o‘tgan. Hozirda, bu hududga o‘z uyiga ega bo‘lmagan insonlarning kirishi man etilgan. Bundan tashqari, Italiya qonunlari hozir qizil hudud etib belgilangan joylarda bo‘lishni qat’iy taqiqlaydi. Krish va Jorjina Pandemiya sababli yopilgan mehmonxonada istiqomat qilgan. Bu voqea sir bo‘lib qolishi mumkin edi, ammo juftlik kurort zonada suratga tushib, uni ijtimoiy tarmoqlarga yuklaydi. Keyinroq bu post o‘chirib tashlangan bo‘lsa-da, Internet hech narsani unutmaydi.

weee

Ronalduga qanday jazo qo‘llaniladi?

Karantin choralarini buzgani uchun Krish va Jorjina jarima to‘lashga majbur. Ayni damda juftlik amalga oshirgan qoidabuzarlik borasida Karobinerlar (Italiyaning oliy politsiyasi) ish olib bormoqda. Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha, portugaliyalik futbolchi qoida buzgani uchun 400 evro jarimaga tortiladi. To‘g‘risi, bu summa futbolchining yillik maoshi oldida juda kulgili tuyuladi. Hisob-kitoblarga qaraganda, Ronaldu 400 evroni 7 daqiqada ishlab topadi.

Bu birinchisi emas?! SPORTS.uz

weeeeeeee

Butun Evropa pandemiya sababli hayot tarziga o‘zgartirish kiritgan bo‘lsa-da, Ronaldu buni hali to‘liq qabul qilmagan ko‘rinadi. Qahramonimiz o‘tgan yilning oktyabr oyida qonun himoyachilari tomonidan «nishonga» olingan edi. Futbolchi Portugaliyada COVID-19 uchun topshirgan testi ijobiy chiqqach, Italiyaga qaytib kelishga qaror qilgan. Gap shundaki, Portugaliya qonunlariga ko‘ra, kasallik yuqtirib olgan shaxs karantinda 14 kun bo‘lishi lozim. Italiyada esa, bu muddat 10 kunni tashkil etadi. 4 kun yo‘qotmaslik ilinjida Krish Italiyaga qaytib keladi. Bundan xabar topgan Italiya sog‘liqni saqlash vaziriligi xodimi - Antonella Violi futbolchini keskin tanqid qildi. Vaziyat jiddiylashib ketganini ko‘rgan futbolchi, barcha ehtiyot choralarini ko‘rganini rasman e’lon qildi. Keyinroq, ishga Italiya sport ishlari vaziri - Vinchentso Spadafora aralashdi va Krish karantin qoidalariga amal qilmaganini ma’lum qildi. Ish sudga qadar etib bormadi. Shu bois, Ronaldu hech qanday jarimasiz «suvdan quruq» chiqqan edi. Endi esa, ish ancha «jiddiy». Voqealar rivojini SPORTS.uzda kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!