Ronaldu savdo qilishni bilmas ekan

  • 1 mart, 2022, 19:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Nyu-York shahridagi kvartirasini zarariga sotgani oshkor bo‘ldi. Ma’lumotlarga qaraganda, portugaliyalik futbolchi uyini 6,3 million evroga sotgan.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, Ronaldu hashamatli kvartirasini 2015 yildan 16,5 million evroga xarid qilgandi. Ko‘rinib turibdiki, ko‘chmas mulk savdosida u 10 million evrodan ko‘proq zarar ko‘rdi.

Aslida 37 yoshli hujumchi mazkur mulkini 2019 yilda sotuvga qo‘yib, unga 8 million evro narx qo‘ygandi. Biroq xaridor chiqmagan u talab qilinayotgan summani pasaytirishga majbur bo‘ldi.

Ronaldu amaldagi kelishuvga ko‘ra, 2023 yilning yozigacha “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilishi kerak. Joriy mavsumda u 31 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 15 marotaba ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!