Ronaldu qaysi o‘yinlarda o‘ynashni xohlaydi?

  • 28 oktabr, 2019, 22:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu qanday o‘yinlarda maydonga tushishni xohlashini aytib o‘tdi.

Tecno

“Agar menga bog‘liq bo‘lsa, men faqat muhim o‘yinlarda maydonga tushgan bo‘lardim. Men faqat Chempionlar ligasi va Portugaliya terma jamoasida maydonga tushgan bo‘lardim. Bunday o‘yinlar meni ruhlantiradi, chunki ko‘p narsa ularga bog‘liq. Menga katta bosim ostida o‘ynash yoqadi. Ammo siz professional bo‘lishingiz va maosh to‘layotgan klubni hurmat qilishingiz kerak. Shuning uchun har bir o‘yinda yuqori darajada o‘ynashingiz kerak”, - deydi Ronaldu.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli Ronaldu joriy mavsum “Yuventus” safida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!