Ronaldu premer-ligaga qaytishi mumkin!

  • 5 may, 2023, 17:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatini tark etib, Evropaga qaytishi mumkin. "Goal.com" nashrining xabar berishicha, 38 yoshli to‘purar transferga Angliyaning "Nyukasl" klubi qiziqmoqda.

Tecno

“Oq-qoralar” rahbariyati Krishtianu yoki huquqlari PSJga tegishli bo‘lgan braziliyalik Neymarni sotib olish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.

Ronaldu “An Nasr”ga 2023 yilning yanvarida o‘tgan edi. U bilan 2,5 yilga mehnat shartnomasi tuzildi. Portugaliyalikning maoshi yiliga 200 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!