Ronaldu "Persepolis" ustidan qozonilgan g‘alaba haqida gapirdi

  • 20 sentabr, 2023, 15:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"An-Nasr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu OChL guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan "Persepolis"ga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Riyodliklar Eronga safar qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

"Bugun g‘alaba qozonish juda yoqimli! Bizni ajoyib kutib olgan barcha eronlik muxlislarga tashakkur", - deya yozib qoldirdi portugaliyalik yulduz.

Ma’lumot uchun, riyodliklar 2-turda Tojikistonning "Istiqlol" klubini o‘z maydonida qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!