
Ronaldu o‘rniga “Real” tarbiyalagan to‘purar keladi
“Manchester Yunayted” rahbariyati klubdagi kelajagi mavhum bo‘lib turgan Krishtianu Ronaldu o‘rniga boshqa hujumchi qidiryapti.
Nomzodlar biri sifatida “Espanol” to‘purari Raul de Tomas tilga olinmoqda.
27 yoshli futbolchi aslida “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Madridliklar safida asosiy tarkib kira olmaganidan keyin Raul “Benfika”ga ketgan edi.
“Espanol” iste’dodli hujumchini 2020 yilda o‘z safiga qo‘shib oldi. Shundan beri bu futbolchi yangi jamoasida 89 ta o‘yinda maydonga tushib, 45 ta gol vardi va oltita asssist qayd etdi.
Raulning “Espanol” bilan shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etadi. Lekin manchesterliklar bu transferni 30 million evroga hal qilishi mumkin.
Fikrlar