Ronaldu oila qurmoqchi
"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu sevgilisi Jorjina Rodrigesga turmush qurishni taklif qildi. Bu haqda El Mundo nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Jorjina 35 yoshli portugaliyalik futbol yulduzining bu boradagi taklifiga rozilik bildirgan. O‘sha oqshom tashkil etilgan tadbirda Jorjina va Ronalduning oila a’zolaridan boshqa hech kim ishtirok etmagan.
Ayni damda Rodriges va Ronalduning qiz farzandi bor.



Fikrlar