Ronaldu “Manchester Yunayted” afsonasi bo‘lib qolaveradi

  • 3 aprel, 2023, 11:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” klubi sobiq hujumchisi Ueyn Runi jahon futbolida eng ko‘p gol urgan Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

Tecno

- Ronaldu “Manchester Yunayted” uchun qilgan mehnati ajoyib. U jamoaga Premer-liga va Chempionlar ligasini yutib bergan, ko‘p gol urgan.

Shuning uchun klub muxlislari, tabiiyki, futbolchilar ham, xususan, Ronaldu bilan yonma-yon o‘ynagan mening davrimdagi o‘yinchilar uning “Manchester Yunayted” oldidagi xizmatlarini unutmaydi.

Ronaldu mening ko‘z o‘ngimda klub afsonasi bo‘lib qolaveradi. Afsuski, uning ikkinchi kelishi erta tugadi. Lekin bu uning klubdagi hissasini kamaytirmaydi, - dedi Ueyn Runi.

Darhaqiqat, Krishtianu Ronalduning Manchesterga ikkinchi tashrifi muvaffaqiyat keltirmadi. Klub Qatardagi jahon chempionati vaqti hujumchi bilan shartnoma bekor qilganidan keyin Ronaldu Evropa futbolini tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!