Ronaldu hech qachon taslim bo‘lmaydi

  • 19 oktabr, 2024, 13:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni chempionatining ettinchi turida so‘nggi daqiqalarda “Ash-Shabab” darvozasini penaltidan ishg‘ol qilib, “An-Nasr”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minlagan Krishtianu Ronaldu uchrashuvdan keyin o‘z fikrini bildirdi.

Tecno

29 yoshli to‘purar o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida “Biz hech qachon taslim bo‘lmaymiz!”, deb izoh qoldirdi.

Krishtianu Ronaldu uchun mazkur uchrashuvda kiritilgan to‘p faoliyatidagi 907-gol bo‘ldi. Hali jahon futbolida birorta o‘yinchi rasmiy uchrashuvlarda buncha ko‘p gol urmagan.

Ronaldu klublar miqyosidagi o‘yinlarda “Sporting”da beshta, “Manchester Yunayted”da 145 ta, “Real”da 450 ta, “Yuventus”da 101 ta va “An-Nasr”da 73 ta to‘p kiritgan. Bundan tashqari, Portugaliya terma jamoasi safida raqiblar darvozasini 133 marotaba ishg‘ol qilgan.

Ronaldu jahon futboli tarixidagi, terma jamoalar va Evropa chempionatlaridagi, Evropa Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatlaridagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!