
Ronaldu hamon xavfli
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Gari Lineker Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning Germaniya mezbonligida o‘tayotgan Evropa chempionatidagi o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Men Krishtianuning o‘yinini kuzataman va u raqib jarima maydonchasida hamon xavf tug‘dira oladi deb o‘ylayman. Albatta, u avvalgidek tezkor emas, lekin baribir nimadir qila oladi”, - dedi Lineker Mirror nashriga bergan intervyusida
39 yoshli Krishtianu Ronaldu Evro-2024 da to‘rtta uchrashuv o‘tkazdi. Hujumchi faqat bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Portugaliya terma jamoasi Evropa chempionati chorak finalida Frantsiyaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 5 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar