Ronaldu: Futboldan ketishimni aytishdi
Portugaliya terma jamoasi va “An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu uzoq yillik faoliyatini oxiriga etib qolganini, lekin o‘zi hozir butsasini mixga ilishga tayyor emasligini ta’kidladi.
- Atrofimdagilar, ayniqsa oila a’zolarim menga “To‘xtash vaqti keldi, sen hammasini qilib bo‘lding, minta gol urish senga nega kerak?”, deyapti. Lekin mening fikrim boshqacharoq. Men klubim va terma jamoamga yordam berib, yaxshi ish qilyapman, deb hisoblayman. Shunday ekan, nega faoliyatimni to‘xtatishim kerak?
Aminmaki, to‘xtash payti kelganida o‘zimdan to‘liq qoniqish hosil qilib, ketaman. Buning uchun borimni bergan bo‘laman. Oldinda vaqtim kam qolganini ham bilaman, ammo o‘yinlardan imkon qadar ko‘proq bahramand bo‘lishga harakat qilyapman, - dedi Krishtianu Ronaldu.
40 yoshli hujumchi faoliyati davomida “Sporting”, “Manchester Yunayted”, “Real” , “Yuventus” kabi Evropaning taniqli klublarida o‘ynagan. 2023 yilning boshidan beri Saudiya Arabistonining “An-Nasr” jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.



Fikrlar