Ronaldu Evropaga qaytishga qaror qildi va klub ham tanladi

  • 1 may, 2023, 15:57
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyalik yulduz hujumchi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida boshqa o‘ynashni istamayapti. "El Nacional" nashri xabariga ko‘ra, 38 yoshli futbolchi 2023 yil boshida tekinga qo‘shilgan "An-Nasr"ni tark etishga qaror qilgan.

Tecno

Krishtianu faoliyatining eng yaxshi yillarini o‘tkazgan "Real" Madridga qaytishni istaydi. Biroq "qirollik klubi" boshliqlari portugaliyalikni futbolchi sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi emas. "Qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres Ronalduga elchi yoki rahbariyatdan joy taklif qilishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianuning riyodliklar bilan shartnomasi 2,5 yilga mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!