Ronaldu endi o‘tmishda qoldi

  • 7 dekabr, 2022, 18:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag klub Krishtianu Ronaldu bilan shartnomani bekor qilganidan keyin birinchi bor o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

- Ronaldu? U ketdi, endi hamma narsa o‘tmishda qoldi. Hozir bir oldinga qarab, faqat olg‘a intilyapmiz, - dedi niderlandiyalik mutaxassis.

37 yoshli hujumchi taniqli jurnalist Pirs Morganga bergan interyusida klub rahbariyati va bosh murabbiy Erik ten Xagni ham keskin tanqid qilgan edi.

Ayni paytda Krishtianu Ronaldu jamoasiz yuribdi. Manbalar portugaliyalik yulduz o‘ziga Evropa Chempionlar ligasida qatnashayotgan klub qidirayotganini yozmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!