Ronaldu Dibalaga MYuga o‘tishni maslahat qildi

  • 2 avgust, 2019, 14:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, argentinalik futbolchi WhatsApp orqali Ronaldudan "Manchester Yunayted"ga o‘tishi borasida maslahat berishini so‘ragan. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, portugaliyalik yulduz bu transferga ijobiy javob bergan.

Tecno

Ilgariroq, "Yuventus" Dibalani Romelu Lukakuga almashish borasida kelishuvga erishgani borasida xabarlar tarqalgan edi. 25 yoshli Dibala hozircha "qizil iblislar" bilan shaxsiy kelishuvga erishmaganligini ta’kidlash joiz.

Ma’lumot uchun, Dibala 2015 yildan buyon turinliklar sharafini himoya qiladi. Bunga qadar u "Palermo" va Argentinaning "Instituto" jamoasida to‘p tepgan. O‘tgan mavsum barcha musobaqalarda jami 42 ta bellashuvda maydonga tushgan Dibala 10 ta to‘p kiritib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi. Uning "keksa sinora" bilan amaldagi kelishuvi 2022 yilning 30 iyun sanasiga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!