Ronaldu: “Bu faqat karera mukofoti emas, mehnatimning e’tirofi”
Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugal Football Globes taqdirlash marosimida “Premio Prestijio” mukofoti bilan taqdirlandi va bu haqda o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bu faqat karera uchun beriladigan mukofot emas. Bu ko‘p yillik mehnat, fidoyilik va ambitsiyalar e’tirofidir. Men g‘alaba qozonishni va yoshlarga yordam berishni yaxshi ko‘raman — ular ham menga o‘z darajamni saqlab qolishimga va raqobatni davom ettirishimga yordam berishadi. Bu menga g‘ayrat bag‘ishlaydi. Albatta, yoshlar bilan raqobatlashish — bu men uchun ilhom manbaidir. Menda hali ham shunga bo‘lgan ishtiyoq bor", — dedi futbolchi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu besh karra “Oltin to‘p” va Chempionlar Ligasi g‘olibi, Evropa chempioni hamda ikki karra Millatlar ligasi chempioni hisoblanadi. Shuningdek, u terma jamoalar, Evro, Chempionlar Ligasi va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida tan olingan.



Fikrlar