Ronaldu bu borada Messidan ancha kuchliroq! Grandlarning EChLdagi eng omadsiz o‘yinlarini yodga olamiz!

  • 18 fevral, 2021, 21:15
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha kun avval, Kataloniya superklubi PSJdan yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi. Bu jamoa uchun so‘nggi 5 yillikda yangilik emas. Xo‘sh, bu borada 2016/17 yilgi mavsumdan boshlab qaysi grand klub etakchilik qilmoqda? Hozir pley-offda ishtirok etayotganlar orasida kim yirik hisobda mag‘lub bo‘lish borasida etakchi?  Bugun shu savolga javob izlashga urinib ko‘ramiz.

Tecno

7-o‘rin. “Bavariya”

Mag‘lubiyatlar soni:1

To‘plar nisbati: 0:3

gjierjgierjgre

Myunxen klubi UEFA tomonidan o‘tkazib kelinayotgan turnirda 17 ta uchrashuvdan beri mag‘lub bo‘lmayapti. So‘nggi bor, nemislarni Klopp boshchiligidagi “Liverpul” mag‘lub etgan edi. Jamoa katta qiyinchilik bilan yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan (1:3) qutilib qolgani yodingizda bo‘lsa ajab emas.

So‘nggi 5 yil ichida nemislar faqat PSJga bir bor katta hisobda engildi. Guruh bosqichida doirasida mehmondagi o‘yinda Parij vakillari 3 ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozongan.

Bu mag‘lubiyatni o‘tgan mavsumda “Bavariya” EChL finalida “ortig‘i” bilan qaytardi. Hozirda, aynan “Bavariya” grandlar orasida eng barqaror jamoa bo‘lib turibdi.

6-o‘rin. PSJ

Mag‘lubiyatlar soni: 1

To‘plar nisbati: 1:6

kgoerkogkerokge

Aslida, Parij klubi ham so‘nggi yillarda EChLda yirik hisobda mag‘lub bo‘lmayapti. “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tgan uchrashuv bundan mustasno. “Barselona” Parij klubi darvozasini 6 bor ishg‘ol etgan o‘yinni inobatga olmasa, PSJ 5 yillikni ishonchli tarzda o‘tkazmoqda. 

Frantsuzlar yildan-yilga grand jamoaga aylanib boryapti. To‘g‘ri, hali EChL oltin medallariga ega chiqishmadi, ammo oldinga o‘sish bor.

Jamoa “Bavariya” singari atigi bir bor yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan, ammo gollar nisbati bo‘yicha PSJ “oldinda”.

5-o‘rin. “Yuventus”

Mag‘lubiyatlar soni: 2

To‘plar nisbati: 0:6

hkrtjhirjhrth

Turin superklubi so‘nggi 5 yil ichida ikki bor 3 ta to‘p farqi bilan mag‘lub bo‘ldi. Ulardan biri Ronaldu boshchiligidagi “Real”ga, ikkinchisi Messining “Barselona”siga. Bu voqealarga ham ancha bo‘lib ketdi.

“Real”ga qarshi o‘yinni alohida e’tirof etish darkor. Krish o‘zining qaychi uslubidagi golini kiritgach, stadion uni o‘rnidan turib olqishlagan edi. Balki, aynan o‘sha daqiqalarda portugaliyalik kelajakda “Yuve” sharafini himoya qilishni diliga tugib qo‘ygandir?!

“Manchester Siti”

Mag‘lubiyatlar soni: 2

To‘plar nisbati: 0:7

gwejigjierjigjer

“Shaharliklar”ga EChLda omad kulib boqmayapti. Pep Gvardiola jamoa tepasiga kelgach, “Siti”da yaxshigina o‘sish kuzatildi. Chempionlar Ligasida esa, ketma-ket omadsizliklar.

Jamoa “Liverpul”ga 3 ta to‘p farqi bilan mag‘lub bo‘lishdan avval, “Barselona”dan javobsiz 4 ta gol o‘tkazib yuborgan edi. 2016 yilda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, Messi sobiq ustozini ayab o‘tirmadi.

Umuman olganda, “Manchester Siti” EChLda chakki ishtirok etmayapti, ammo pley-offda “Monako”, “Tottenxem” va “Lion” singari klublar to‘sig‘idan o‘ta olmayapti.

3-o‘rin. “Real” Madrid

Mag‘lubiyatlar soni: 3

To‘plar nisbati: 1:10

kwegowekogkwe

Madrid superklubidagi barcha omadsizliklar aynan Ronalduning ketishi bilan boshlandi. Krish Turinga ko‘chib ketgach, “Qirollik klubi” uchun og‘ir kunlar boshlandi.

Jamoa avvaliga “Ayaks”ga o‘z uyida 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Vaholanki, Gollandiyadagi bahsda 2:1 natijasida g‘alaba qozongan edi. Keyin, kamtarin TsSKA 3 ta to‘p farqi bilan ularni taslim etdi. Shuningdek, PSJ ham kuchsizroq “Real”ni 3 ta to‘p farqi bilan mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.

Sodda qilib aytganda, “Real” Ronaldudan so‘ng, sira o‘ziga o‘xshamay qoldi. Ayniqsa, Evropa Chempionlar Ligasi musobaqasida.

2-o‘rin. “Atletiko” Madrid

Mag‘lubiyatlar soni:4

To‘plar nisbati: 0:14

jirtjihjrthijrhrt

To‘g‘risi, bu ro‘yxatda sayyoramizning eng kuchli himoyasiga ega klubni ko‘rish biroz g‘alati. Diego Simeone mudofaadan o‘yin qurishni xush ko‘radigan murabbiylar  sirasiga kiradi.

Shunga qaramay, Krishtianu Ronaldu bilan uning munosabatlari yaxshi emas. Portugaliyalik hujumchi “Atletiko”ni ikki bor ikki xil klub libosida yirik hisobda mag‘lub etgan. Ayniqsa, Turinda uning xet-trigi “Atletiko”ni turnirdan chiqarib yuborgan edi.

Shuningdek, ispan jamoasining nemis klublarga ham “allergiyasi” bor. “Borussiya” Dortmund va “Bavariya” ham “matraschilar” darvozasini 90 daqiqa davomida bir necha bor ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lgan.

1-o‘rin. “Barselona”

Mag‘lubiyatlar soni: 7

To‘plar nisbati:3:29

kgerokgoerkokgoerkg

Kataloniya jamoasi ham bir nechta to‘p farqi bilan o‘z muxlislarini xursand etishni xush ko‘radi, ammo bu tryukni ular turnirning guruh bosqichida amalga oshirishga odatlanib qolgan. Pley-off o‘yinlarida aksincha, “Barsa”ni shu ko‘yga soluvchilar so‘nggi 5 yil ichida ko‘payib ketdi. “Dinamo” va “Seltik”ka qarshi o‘yinlarda 4 ta himoyachi bilan to‘p surishga odatlangan jamoa, PSJ qarshi bahsda 6 ta himoyachi bilan ham hech narsani uddalay olgani yo‘q.

Yirik mag‘lubiyatlarni xotirlar ekanmiz, Parijdagi 4:0ni eslab o‘tamiz. Shuningdek, “Yuve” va “Roma” ham “Barsa”ga qarshi o‘yinlarda hech qanday imkon qoldirmagan. “Liverpul” 4 ta to‘p farqi bilan “Enfild”da Messi va uning jamoadoshlarini ranjitdi. Keyinroq “Bavariya” 8:2 natijasi bilan “Barselona”ni tor-mor keltirdi.

Sayyoramizning eng badavlat jamoalaridan biri bo‘lishiga qaramay, “Barselona”ni eng aqlli siyosat yurgizuvchi jamoa deb bo‘lmaydi. 7 uchrashuvda 29 ta gol o‘tkazib yuborish uchun ham mahorat kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!