Ronaldu: Benzema, ovora bo‘lma, baribir etolmaysan!

  • 5 may, 2022, 12:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasi yarim final javob o‘yinida “Manchester Siti” darvozasini penaltidan ishg‘ol qilgan Karim Benzema “Real”dagi jami gollari sonini 322 taga etkazib oldi.

Tecno

Hozircha, frantsiyalik futbolchi klub to‘purarlari ro‘yxatida uchinchi o‘rinda turibdi. Undan bir pog‘ona yuqorida joylashgan Raul hisobida 323 ta gol bor va Karim faoliyatini tugatgan ispan hujumchisidan shu mavsumning o‘zida o‘zib ketadi.

Shunga qaramay, Karim Benzema klub tarixida eng yaxshi to‘purar nomiga sazovor bo‘la olmasligi haqiqatga yaqinroq. Chunki madridliklarning eng zo‘r goleadori bo‘lib turgan Krishtianu Ronaldu  hisobida 450 ta gol bor.

Bu ko‘rsatkichga etish uchun Benzemaga bir necha mavsum kerak bo‘ladi. Frantsiyalik hujumchining yoshi o‘tib qolganini inobatga olsak, Ronalduning rekordi saqlanib qolishi katta ehtimol.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!