Ronaldu “An-Nasr”ga zo‘r futbolchi topib berdi

  • 28 yanvar, 10:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu o‘zi o‘ynayotgan “An-Nasr” klubi rahbariyatidan tarkibni jahon futbolida nom qozongan kuchli o‘yinchilar bilan kuchaytirishni talab qilyapti.

Tecno

Daily Star nashrining yozishicha, portugaliyalik hujumchi klub mutasaddilari qishki  transferlar oynasi yopilguniga qadar “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Kazemironi olib kelishni so‘ragan.

Ronaldu braziliyalik yulduz bilan birga “Real” va “Manchester Yunayted”da birga to‘p tepgan.

Kazemiro Madrid klubidagi muvaffaqiyatli faoliyatidan keyin 2022 yili “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tgan edi.

Tajribali yarim himoyachining Angliya Premer-ligasidagi ishtiroki ko‘pchilik kutganidek yorqin chiqqani yo‘q va u ko‘p tanqidlarga duchor bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!