
Ronaldu 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadimi?
Krishtianu Ronaldu 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishini istisno etmayapti.
“Birinchi navbatda men kelasi yil Evropa chempionatida o‘ynashni xohlayman. Qisqa va o‘rta muddatli maqsadlarni ko‘rib chiqish muhimroq. Undan keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz", - dedi "An-Nasr" hujumchisi.
38 yoshli portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubida to‘p surmoqda. U yangi jamoasi safida 16 ta o‘yinda 14 ta gol urdi.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati AQSh, Meksika va Kanada davlatlarida o‘tkaziladi.
Fikrlar