Ronaldu 17 yillik antirekordini takrorladi

  • 2 sentabr, 2022, 14:36
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu 2005/06 yilgi mavsumdan beri birinchi marta chempionatning dastlabki beshta o‘yinida gol ura olmadi.

Tecno

Kecha portugaliyalik futbolchi APL 5-turidan o‘rin olgan "Lester"ga (1:0) qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi va sermahsul harakatlari bilan ajralib turmadi. Shu tariqa, Ronaldu Angliya chempionatining dastlabki beshta o‘yinining birortasida ham gol ura olmadi.

Eslatib o‘tamiz, Premer liganing ushbu mavsumida forvard beshta o‘yinida jami 175 daqiqa o‘ynadi.

Bu Ronaldu bilan 2005/06 yilgi mavsumdan beri birinchi marta sodir bo‘ldi. O‘shanda Krishtianuning Angliya chempionatidagi golsiz seriyasi ettita o‘yinida davom etgan.

Ma’lumot o‘rnida, keyingi tur “Manchester Yunayted” o‘z maydonida APL dastlabki beshta o‘yinning barchasida g‘alaba qozongan “Arsenal” bilan o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!