Ronaldu, seni olib ketamiz!

  • 8 oktabr, 2022, 18:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AQSh muntazam chempionatida ishtirok etayotgan “Inter Mayami” klubi xo‘jayinlaridan biri Devid Bekxem “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan hamkorlik masalasini muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Futbolchilik davrida “Manchester Yunayted” va “Real”da o‘ynagan Bekxem Ronalduni qishki  transferlar vaqtida o‘z jamoasiga ko‘chirib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Manbalar Ronaldu jamoani tark etish istagida ekani haqida ma’lumot tarmoqda. 37 yoshli forvardga Evropadan jo‘yali taklif chiqmayapti.

Devid Bekxem portugaliyalik to‘purar atrofida yuzaga kelgan vaziyatdan unumli foydalanib, o‘z rejalarini amalga oshirmoqchi bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!