Ronaldino ikkinchi Messi bo‘lishi bashorat qilingan o‘g‘lini “Barselona”ga tanish-bilish orqali joyladi?!

  • 26 yanvar, 2023, 23:42
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ronaldino “Barselona”ni tark etganiga 15 yil bo‘ldi. Bu vaqt oralig‘ida charm to‘p ustasi klub bilan o‘rtadagi aloqalarni uzib yuborgani yo‘q. Turli tadbirlar, o‘rtoqlik va xayriya o‘yinlari chog‘ida Kataloniya ishqibozlari oldida doimiy ravishda ko‘rinish berdi. Bejizga uning o‘g‘li ham Kataloniyani tanlagani yo‘q.

Tecno

17 yoshli Joao Mendes de Assis Moreyra bir necha haftadan beri “Barsa”ning 19 yoshgacha bo‘lgan jamoasi ko‘rigida bo‘lib turibdi. Ma’lumotlarga qaraganda, "La Masiya" akademiyasi murabbiylari Ronaldinoning o‘g‘li ko‘rsatgan o‘yindan hayratda qolgani yo‘q. Shu bois, afsonaning shaxsan o‘zi o‘g‘lining o‘yinini murabbiylar tomosha qilishi uchun o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etdi. Bundan so‘ng Xaver Saviola boshchiligidagi murabbiylar shtabi Joao Mendes bilan shartnoma tuzishga qaror qildi. Shunga qaramay, ular futbolchining Kataloniya akademiyasidan “yorib” chiqishi ehtimolini juda past ekanligi haqida ko‘p bor ta’kidlashmoqda. Bu kelishuvni imzolashda bosh-qosh bo‘lgan klub prezidenti Joan Laporta esa, Ronaldinoning farzandi ikkinchi imkoniyatni qo‘ldan chiqarib yubormasligiga ishonmoqda. Xuddi, Mendesning otasi singari.

po‘l4po‘l43p

Joao – 178 sm bo‘yga ega hujumchi. Shuningdek, vinger va hujum ortidagi yarim himoyachi pozitsiyalarida ham to‘p surishi mumkin. Skautlarning aytishicha, maydondagi harakatlari otasini eslatib yuborar emish. Qahramonimiz o‘zining futboldagi ilk qadamlarini “Flamengo”da tashladi. Keyinroq, PSJning Braziliyadagi akademiyasiga ko‘chib o‘tdi. U erda Mendes iqtidorli ekanligini ko‘p bor ta’kidlashganiga qaramay, Parijga taklif etishgani yo‘q. Natijada, 13 yoshli bo‘lajak futbolchi “Kruzeyro” klubi yoshlari safiga borib qo‘shildi. Bu kelajakda yaxshigina aktivga aylanishini his qilgan klub 2025 yilga qadar tuzilgan shartnoma taklif etadi. U14 jamoasi safida Xitoyda o‘tgan musobaqani “yondirgan” Joao tezda mashhur bo‘lib ketdi. Uning afsonaviy Ronaldinoning o‘g‘li ekanligi bunda katta rol o‘ynagani aniq, biroq yigitcha ham chakki emas edi. PSJ bu safar uni Parijga chorladi, biroq 15 yoshli bolakay Braziliyada qolishni afzal ko‘rdi. Bu orada, "Nike" kompaniyasi u bilan homiylik shartnomasini imzoladi.

g43o3ko4gk

Afsuski, vaqt o‘tgan sari uning tengdoshlari jismonan baquvvatlashib bordi. Ularning fonida texnikasi kuchli qiltiriq yigitning ajralib turishi murakkablashib ketdi. Natijada, o‘tgan yilning boshida “Kruzeyro” o‘rtadagi shartnomani bekor qildi. Mana bir yildir-ki, Joao Mendes o‘zi uchun jamoa izlash bilan band. Vaholanki, Xitoydagi musobaqadan so‘ng “Barselona” skautlari uni bo‘lajak Messi deb e’tirof etishgan edi. Hozir “ko‘k-anorranglilar” uni jamoaga qabul qilgan, biroq hali tibbiy ko‘rikdan o‘tgani yo‘q. Ishga Ronaldinoning qalin do‘sti – Joan Laporta aralashganini inobatga olsak, yigitcha “Barsa” bilan deyarli kelajagini bog‘ladi. Endi aravani tortib ketish to‘liq uning o‘ziga bog‘liq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!