“Roma” zo‘r futbolchini chaqiryapti

  • 6 dekabr, 2022, 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino muntazam ravishda klub rahbariyatidan tarkibni kuchaytirishni so‘ramoqda.

Tecno

Italiya matbuotining yozishicha, rimliklar qishki transfer vaqtida asosiy e’tiborini himoya chizig‘ini kuchaytirishga qaratadi. Bu ko‘p jihatdan o‘ng qanot himoyachisi Rik Karsdorpning jamoani tark etishga qaror qilgani bilan bog‘liq.

Il Romanista nashri “Roma” asosiy nishon sifatida Evan Ndikani belgilaganini ma’lum qildi. 23 yoshli futbolchi “Oser” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2018 yili “Ayntraxt”ga ko‘chib o‘tganidan beri o‘z mahoratini namoyish etib kelmoqda.

Ndika yozda erkin agentga aylanadi. “Roma” bu futbolchiga xaridor bo‘layotgan klublarni ortda qoldirish uchun uni yanvarda sotib olmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!