"Roma" ustozi Ukrainada ko‘z ostiga olib qo‘ygan futbolchisini Rimga olib kelmoqchi

  • 13 avgust, 2020, 22:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Dinamo" Kiev himoyachisi Tomash Kendzera faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Sportitalia nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 26 yoshli polshalik futbolchiga "Roma"dan jiddiy takliflar bo‘lmoqda. Uni shaxsan “bo‘rilar” ustozi Paulu Fonseka o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. Aytish kerakki, Fonseka “Shaxtyor”dagi faoliyati davomida Kendzerani kuzatib borgan.

Kendzera o‘tgan mavsum “Dinamo” safida 39 ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 5 ta goliga assistentlik qildi. Uning kievliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!