
"Roma" "Udineze" ustidan zafar quchdi, Shomurodov gol muallifining o‘rniga maydonga tushdi (video)
Italiya A Seriyasining 5-turida “Roma” o‘z maydonida “Udineze”ni qabul qildi.
Rimdagi o‘yin taqdirini 36-daqiqada Temmi Abraxam tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi. Shu tariqa “Roma” 1:0 hisobida muhim g‘alabaga erishdi.
“Roma” safidagi hamyurtimiz Eldor Shomurodov esa o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshladi va 86-daqiqada Temmi Abraxam o‘rniga maydonga tushdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar