“Roma” Shomurodovni qachon va qaysi jamoaga qo‘yib yuboradi?

  • 16 yanvar, 18:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Qishki transferlar oynasi yopilguniga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va eng zo‘r to‘purari Eldor Shomurodov kelajagiga ham oydinlik kiritilishi kerak.

Tecno

Ayni paytda hamyurtimiz poytaxt “bo‘rilari” bilan birga mashg‘ulotlarda zo‘r berib ishlab yuribdi. Klub mutasaddilari uning kelajagi bo‘yicha bir qarorga  kelishi kerak. Italiya matbuoti o‘zbek hujumchisiga ish berishga tayyor klublar etarli ekanini yozmoqda.

Xususan, qishki transfer bozori ochilganidan keyin 29 yoshli o‘zbek hujumchisiga “Empoli”, “Kalyari”, “Venetsiya” va “Parma” kabi klublar qiziqayotgani haqida ma’lumotlar chiqarilmoqda.

Bu jamoalarning barchasi Eldor Shomurodov keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga berishni so‘ramoqda. “Roma” rahbariyati esa, har doimgidek xaridorlarga o‘yinchini mavsum yakunlanganidan keyin sotib olish majburiyatini yuklashga harakat qilmoqda.

Nufuzli manbalardan biri – vocegiallorossa.it saytining ma’lum qilishicha, Eldor Shomurodov uchun kurashda “Empoli” favoritga aylandi. 

Il Corriere della Sera gazetasi ham toskanaliklar o‘zbek futbolchisi bo‘yicha “Roma” bilan muzokara olib borayotgani va o‘zaro aloqalar ijobiy ketayotgani haqida ma’lumot tarqatdi.

Eldorga da’vogar bo‘lgan “Kalyari” esa, transferni oxiriga etkazishdan avval, o‘z tarkibida o‘zgarish bo‘lishini kutishiga to‘g‘ri kelyapti.

Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, sardiniyaliklar oldingi chiziqqa yangi o‘yinchisi olish uchun jamoaning tajribali forvardi Janluka Lapadulaning boshqa klubga o‘tishini kutishi kerak. Perulik futbolchi hozir V Seriyaning bir necha klublari bilan muzokaraga kirishgan.

Futbol selektsioneri sifatida faoliyat yuritayotgan sobiq futbolchi Titsiano De Patre Eldor Shomurodov “Kalyari”ni kuchaytira olishiga ishonmoqda.

- Men hozir “Sassuolo”da skautlik ishini olib boryapman va mehnat faoliyatimdan kelib chiqib shuni aytamanki, ayni paytda gol urish juda qiyin bo‘lgan Itadiya chempionatiga mos tushadigan yaxshi saviyadagi hujumchini topish o‘ta mushkul vazifa.

Bu borada Eldor Shomurodov A Seriyana yaxshi bilishini ta’kidlash lozim. Qolaversa, u o‘tgan mavsum Sardiniyada to‘p tepdi. U bosh murabbiy Davide Nikola jamoasini sezilarli darajada kuchaytirishga qodir.

To‘g‘ri Lapadula va Pavoletti zo‘r o‘yinchilar, lekin ular yoshi o‘tib borayotgani uchun har doim ham jismoniy tayyorligini barqaror ushlay olmayapti, - dedi Titsiano De Patre.

Rim klubi sport direktori Florian Gisolfi Eldor Shomurodov masalasida “Kalyari” va “Empoli”ning “Roma” xo‘jayinlariga ma’qul keladigan yakuniy takliflarini kutishga qaror qilgan.

La Gazzetta dello Sport nashriga ko‘ra, “Roma” bosh murabbiy Klaudio Raneriga yangi markaziy hujumchi olib bermoqchi. Biroq bu transfer Eldor Shomurodovga munosib xaridor chiqqanidan keyin amalga oshiradi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, poytaxt klubi Frantsiya chempionatida “Renn” sharafini himoya qilayotgan 22 yoshli markaziy hujumchi Arno Kalimuendoni olishni mo‘ljallayapti.

Lekin frantsiyaliklar o‘z hujumchisi uchun 20 million evro talab qilayotgani “Roma” mutasaddilarini qoniqtirayotgani yo‘q.

Yuqoridagi ma’lumotlardan ma’lum bo‘ladiki, Eldor Shomurodov faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi va transfer qachon amalga oshirilishi hali aniqmas. Legionerimiz mavsumni “Roma”da yakunlab qo‘yishi ham ehtimoldan xoli emas...

Men ularni olmoqchi edim. Mashhur murabbiy Husanov va Fayzullaev haqida gapirdi!

Sun’iy intellekt Husanovning kuchli tomonlarini aniqlab berdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
15/01/2025 22:39
Ўзларинг жавобини билмайдиган саволни нега сарлавҳа қилиб қўясилар?! Ишқилиб ёзсанглар бўлди эканда а?! Кун кўришнинг бошқа, тоза йўллари ҳам кўпку!