“Roma” Shomurodov uchun 13-14 million evro atrofida talab qilmoqda. Xaridorlar esa...

  • 12 avgust, 2022, 10:01
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bolonya" Eldor Shomurodov bilan kelishuvga erishish uchun jiddiy harakat boshladi. Italiya klubi hujumchi uchun kurashda "Trabzonspor"ga mag‘lub bo‘lmaslik maqsadida "Roma" bilan muzokaralarni kuchaytirdi.

Tecno

“La Gazzetta dello Sport” nashri xabariga ko‘ra, "Roma" Shomurodov uchun 13-14 million evro talab qilmoqda.

Rimliklar Eldorni sotib olish sharti bilan ijaraga bermoqchi. Agar futbolchi yangi jamoasi safida ma’lum miqdordagi gollarni kiritsa, “Roma”ga  13-14 million evro to‘laydi. Tabiiyki, bu “Bolonya”ga ma’qul kelmadi. Shu bois, “qizil-ko‘klar” narxni biroz pasaytirish bo‘yicha muzokara olib bormoqda.

"Trabzonspor" bilan raqobat bo‘lishiga qaramay, "Bolonya" Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib olishga ishonchi komil, chunki ular o‘zbekistonlik forvard bilan printsipial jihatdan kelishuvga erishgan.

Ikkala tomon ham shartnomani imkon qadar tezroq yakunlashdan manfaatdor, boisi "Roma" yaqin vaqt ichida Belottini o‘z safiga qo‘shib olishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Firdavs Axadov
12/08/2022 21:39
Qachon tugaydi bu gap ezvordila
&
Toxir Sharif
12/08/2022 12:58
2 oydan beri Bolonya jiddiy harakat boshlaydi, lekin natija yoʻq