
"Roma" qiyin g‘alabaga erishgan o‘yinda Shomurodovning harakatlari qanday baholandi? (Foto)
"Roma" A Seriya 27-turida "Spetsiya" kuch sinashdi. Safarda harakat qilgan rimliklar qiyin va juda muhim g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvga hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Nikolo Dzanolo ishlagan penaltidan Temmi Abraxam gol urdi -1:0.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov 80-daqiqada Nikola Zalevski o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi.
Bellashuvdan so‘ng statistika bilan shug‘ullanuvchi whoscored.com nashri futbolchilarning harakatini baholadi. Unga ko‘ra Shomurodov 6.1 ballga loyiq ko‘rildi.
Quyida whoscored.com talkini bo‘yicha "Spetsiya" - "Roma" bahsida futbolchilarga qo‘yilgan ballar bilan tanishing:
Fikrlar