
"Roma" o‘z futbolchisining narxini "Real"ga ma’lum qildi
"Roma" himoyachisi Leonardo Spinatstsola faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, "bo‘rilar" 28 yoshli futbolchini 30 million evrodan kamiga sotmoqchi emas. Hozircha “qirollik klubi” ham bu borada “Roma”ga rasmiy taklif yubormagan. Agar Marselo “Real”dan ketsa, madridliklar bu borada Spinatstsola variantiga jiddiy e’tibor qaratishlari mumkin.
Leonardo Spinatstsola o‘tgan mavsum “Roma” safida 39 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar