“Roma” o‘z futbolchini arzonga sotib qo‘ydi

  • 9 dekabr, 2022, 11:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma”ning 20 yoshli yarim himoyachisi Edoardo Bove faoliyatini A Seriyaning boshqa klubi – “Lechche”da davom ettiradigan bo‘lyapti.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashrining ta’kidlashicha, tomonlar transfer bo‘yicha kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, “Lechche” Edoardoni mavsum oxirigacha ijaraga oladi va yozda 4 million evro evaziga transferni to‘liq xarid qiladi.

“Roma” rahbariyati Joze Mourino kashf qilgan futbolchini qaytarib sotib olish huquqini o‘zida saqlab qolgani ahamiyatli. Rimliklar besh million evro to‘lab, Boveni keyinchalik ortga qaytarishi mumkin.

Joze Mourino yosh futbolchi muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini uchun shu ko‘rinishdagi bitimni ma’qullagani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!