“Roma” o‘yinchisiga yana bir xaridor chiqdi

  • 18 yanvar, 2022, 22:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” asosiy tarkibiga kira olmagan amerikalik himoyachi Brayan Reynolds tez orada jamoasini almashtiradi.

Tecno

Yosh futbolchiga asosan Belgiya chempionatidan taklif bo‘lyapti. Avvalroq, ushbu mamlakatning mashhur klublari “Bryugge” va “Anderlext” himoyachini ijaraga olishga qiziqish bildirgan. Rimliklarga “Anderlext” varianti ma’qul kelgan.

Endi Reynoldsni Belgiyaning yana bir jamoasi – “Kortveyk” o‘z safiga chorlamoqda. Ular poytaxt klubi rahbariyatiga o‘z maqsadlarini rasmiy taklif sifatida jo‘natgan.

Reynolds joriy mavsumda A Seriyada bitta o‘yin o‘tkazdi. Shuningdek, Konferentsiyalar ligasi guruh bosqichida ham bir bor ko‘rinish bergandi. Joze Mourino mavsumning ikkinchi yarmida ham AQSh vakiliga ishonch bildirmasligini ma’lum qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sattorov Xayriddin
20/01/2022 19:13
Mavrinyo womani tuwurgin befoyda zaxirada utiripdi uuuu yigit