
"Roma" Mourinoning qarori bilan Frantsiya chempionatidan futbolchi olib keladi
"Roma" mudofaa chizig‘ini tajribali himoyachi bilan to‘ldirishi mumkin.
Xorish nashrlarining ma’lum qilishicha, "Renn" a’zosi Amari Traore faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. 30 yoshli futbolchi rimliklar transfer short-listidan o‘rin egallagan.
E’tiborlisi, uning Rimga kelishini shaxsan klub bosh murabbiyi Joze Mourino xohlamoqda. U Amarini o‘z falsafasiga mos o‘yinchi deb hisoblaydi.
Traore 2017 yildan beri "Renn" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning transfer bahosi 10 million evroga teng.
Fikrlar