“Roma” Messini tiz cho‘ktirgan futbolchini oladi!

  • 5 iyun, 2022, 19:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” hujumlarida katta ko‘lamdagi ishni bajarib kelgan Genrix Mxitaryan “Inter”ga o‘tib ketishga qaror qilganidan keyin Rim klubi mutasaddilari uning o‘rniga boshqa o‘yinchi oladigan bo‘lyapti.

Tecno

Calciomercato nashrining xabar berishicha, Joze Mourino armanistonlik futbolchi o‘rniga PSVda o‘ynayotgan Mario Gyottseni olib kelishni istayapti.

Mario Gyottse 2014 yilgi jahon  chempionatida Germaniya terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan. Mahoratli yarim himoyachi final uchrashuvida yagona golni o‘rib, Lionel Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasini tiz cho‘ktirgan.

Ayni paytda germaniyalik pleymeyker PSV jamoasi sharafini himoya qilmoqda. U Niderlandiya chempionatiga 2020 yili “Borussiya”dan erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan. Shu kunga qadar Eyndxoven klubi safida 77 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 18 marta ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga ham 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Gyottsening PSV bilan yana ikki yillik shartnomasi bor. Manbalarning ta’kidlashicha, mashhur futbolchining transferini 5 million evro atrofidagi mablag‘ evaziga hal qilish mumkin.

Marioga rimliklardan tashqari “Milan” ham da’vogarlik qilmoqda.

63970_origin

Dzanolo “Milan”ni tanladimi?

“Roma” yozgi transferlar vaqtida jamoa etakchilaridan Nikolo Dzanoloni sotib yuborishga tayyor.

Hujumkor futbolchi klub bilan yana ikki yil davom etadigan shartnomani uzaytirishni istamayapti. Shu bois klub mutasaddilari uni 55 million evro atrofidagi mablag‘ evaziga qo‘yib yubormoqchi.  

Asosiy xaridor sifatida “Yuventus” tilga olinayotgan edi. Biroq, Italiyaning amaldagi chempioni “Milan” rimliklarga taklif bilan chiqib, rad javobini olishga ham ulgurdi. Shunga qaramay, milanliklar Dzanoloni olish fikridan qaytgani yo‘q.

Nikoloning chempion jamoa safiga o‘tayotgani haqidagi xabarlarga o‘yinchining agenti Vigorelli munosabat bildirdi.

Dzanoloning “Milan”ga o‘tgani haqidagi xabarlar juda yoqimli, lekin mening bundan umuman xabarim yo‘q, - dedi Klaudio Vigorelli.

22 yoshli hujumkor futbolchi Konferentsiya ligasi finali  qahramoni hisoblanadi. U “Feyenoord” darvozasini ishg‘ol qilib, “Roma”ga uzoq kutilgan sovrinni taqdim etdi.

Nikolo barcha turnirlarda 42 marta maydonga tushib, o‘z hisobiga sakkizta gol va to‘qqizta assist rasmiylashtirdi.

1633685ba11ecb59bea3a014b7550

“Roma” Mourinoni xafa qilgan hujumchini kutyapti

“Budyo-Glimt” hujumchisi Ole Solbakken Konferentsiyalar ligasi guruh bosqichida “Roma”ga qarshi o‘tkazilgan har ikki uchrashuvda Ruy Patrisio darvozasini ishg‘ol qilgan edi.

Garchi o‘sha uchrashuvlardagi hisob Joze Mourinoning g‘azabini keltirgan bo‘lsa-da, norvegiyalik hujumchining mahorati portugaliyalik mutaxassis tomonidan yuqori baholadi.

Klub sport direktori Tyagu Pinto shundan beri Solbakkenni “Roma”ga olib kelish ustida ish olib bormoqda. Bu mutaxassis birinchi navbatda iste’dodli hujumchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olmoqchi. Shundan so‘ng, “Roma” mutasaddilari “Budyo-Glimt” rahbariyatiga transfer bo‘yicha rasmiy taklif yuborishni mo‘ljallayapti.

Aslida Solbakkenning amaldagi shartnomasi dekabrda yakunlanadi.

“Budyo-Glimt” kelasi mavsum Chempionlar ligasi saralashida qatnashadi va muhim turnirda Solbakkenning xizmatidan foydalanmoqchi. Bu vaziyatda ko‘p narsa hujumchining tanloviga bog‘liq bo‘ladi.

sol2

Ana xolos! “Roma” mavsum qahramonini sotadigan bo‘ldi!

Mourino Ronaldu transferiga qarshi, unga Shomurodov kerak!

To‘purar legionerimiz kuchli jamoaga o‘tadimi?

Legionerlarimiz “yorvordi”: Debyut, assist va uchta gol!

“Spartak” O‘runovni suhbatga chorladi. Maqsad aniq!

Legionerimiz: Murabbiy men bilan gaplashmay qo‘ydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!