"Roma" kadrlar muammosiga duch kelmoqda
"Roma" himoyachisi Kris Smolling rimliklarga navbatdagi uch to‘rt o‘yinida yordam bera olmaydi. Football Italia nashri xabariga ko‘ra, angliyalik futbolchining mushaklaridagi jarohat sabab shunday qarorga kelingan.
Shu tariqa, Smolling "Verona", "Parma" va "Breshiya" qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi. "Inter" bilan bahsdagi ishtiroki esa so‘roq ostida turibdi.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin "jallarossilar"ning yana bir himoyachisi David Santon ham klub lazaretiga tushgani xabar qilingan edi.



Fikrlar