
“Roma” futbolchisi Angliyadan taklif oldi
“Roma” yarim himoyachisi Jordan Veretu faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda, frantsiyalik futbolchiga “Nyukasl” og‘iz solmoqda. Aslini olganda, “qarg‘alar” qishki transferlar vaqtida Veretuni olishni istagan, biroq “bo‘rilar”ga ma’qul keladigan taklif tayyorlashga ulgurmagan edi.
Joze Mourino yanvarda jamoaga “Portu” etakchilaridan Serjiu Oliveyrani olib kelganidan keyin Veretuda asosiy tarkibga kirish imkoniyati pasayib ketdi. Frantsiyalik o‘yinchining o‘zi ham muhitni yangilashga qarshi emas.
Veretuga “Nyukasl”dan tashqari “Milan” va“Tottenxem” ham jiddiy qiziqish bildiryapti.
Fikrlar