
"Roma" etakchisi safdan chiqdi
"Roma" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan Konferentsiyalar Ligasi doirasidagi "Lester"ga qarshi bahsda jarohat oldi. Bu haqda "Calciomercato" nashri yozmoqda.
Tibbiy tekshiruv Genrixning mushaklari shikastlanganini aniqladi. Uning chap oyog‘i bezovta qilmoqda. Futbolchi taxminan ikki haftada sog‘ayib safga qaytadi.
Joriy mavsum havbek 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 9 golga hammualliflik qilgan.
Fikrlar