“Roma”: Endi bu futbolchini olib qolmasak bo‘lmaydi!

  • 27 may, 2022, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” rahbariyati jamoa hujumkor futbolchisi Nikolo Dzanologa uzoq muddatli yangi shartnoma taklif qiladigan bo‘ldi.

Tecno

22 yoshli o‘yinchi Konferentsiyalar ligasi finalida Niderlandiyaning “Feyenoord” jamoasi darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining tarixiy g‘alabasini ta’minlagan edi. Shundan so‘ng, klub xo‘jayinlari Nikolo klubda qolish kerak, qarorga keldi.

Avvalroq, klub Dzanolo bir necha takliflar bo‘layotganini inobatga olib, yozda uni sotib yubormoqchi bo‘layotgan edi. Endi ular iste’dodli o‘yinchiga maoshi oshirilgan yangi bitim taklif qiladi. Shu munasabat bilan klub mutasaddilari futbolchining agentini muzokaraga chaqirgan.

Dzanoloning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan. Unga Italiya va Angliya klublaridan jiddiy chorlovlar bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!