“Roma” baribir “singan” futbolchini oladi

  • 30 noyabr, 2022, 23:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” rahbariyati ijaraga olingan Jorjino Veynaldumning transferini yozda to‘liq sotib oladigan bo‘ldi.

Tecno

Aslida PSJga tegishli niderlandiyalik yarim himoyachi rimliklarga yordam berayotgani yo‘q. Tajribali futbolchi Rimga kelganidan ko‘p o‘tmay, avgustdagi mashg‘ulot chog‘ida oyoqini sindirib oldi va shundan beri davolanmoqda.

Shunga qaramay, rimliklar parijliklar bilan futbolchining transferini muhokama qilmoqda. Tomonlarning dastlabki kelishuvida “bo‘rilar” tajribali yarim himoyachini ijara muddati tugaganidan keyin 8 million evroga xarid qilishi mumkinligi belgilangan.

Lekin “Roma” sport direktori Tyagu Pinto Veynaldumning og‘ir jarohat olganidan va amalda jamoaga yordam bermayotganidan kelib chiqib, bu summani pasaytirishga urinyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!