"Roland Garros". Jokovich kambek evaziga Nadal ustidan g‘alabaga erishib, finalga yo‘l oldi

  • 12 iyun, 2021, 11:58
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
BEPUL PROPAN

"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Frantsiya ochiq chempionati tobora o‘z nihoyasiga etib bormoqda. Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda ikkinchi finalchi nomi ham ma’lum bo‘ldi.

Tennis afsonalari Rafael Nadal va Novak Jokovich o‘rtasida kechgan o‘yin 4 set davom etdi. Dastlab, ilk setni 6:3 hisobida o‘z foydasiga hal etgan ispaniyalik sportchi keyingi uch setda imkoniyatni boy berdi. Kambek uchun o‘zida kuch topa olgan Jokovich 3:6, 6:3, 7:6(7:4), 6:2 hisobida g‘alaba qozonib, final chiptasiga ega chiqdi.

Endi serbiyalik raketka ustasi bosh sovrin uchun gretsiyalik Stefanos Tsitsipasga qarshi kortga chiqadi. O‘yin 13 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 18:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!