
Roberto Karlos "Chelsi"ga o‘tishi mumkin edi...
Braziliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Roberto Karlos 2017 yilda "Chelsi"ga o‘tishi mumkin edi.
“Mening qo‘limda "Fenerbaxche" va "Chelsi"dan takliflar bor edi. “Chelsi” bilan nimadir yaxshi bo‘lmadi va men “Fenerbaxche”ga o‘tdim. Ammo, “Chelsi”ga o‘tishimga bir qadam qolgan edi. Biz kelishib bo‘lgandik va faqatgina shartnomaga imzo chekish qolgandi. Afsuski, so‘nggi pallada hammasi barbod bo‘ldi. Bunday voqealar futbolda uchrab turadi. Lekin men premer-ligada muvaffaqiyat qozona olishimga 100 foiz aminman. Chunki, bu liga mening uslubimga juda mos keladi", - deydi braziliyalik futbol afsonasi.
Fikrlar