
Robert Garsiya: "Qon daryo kabi oqdi, axir"
Amerikalik taniqli murabbiy Robert Garsiya birinchi o‘rta vazn(69,9 kg) avstraliyalik Tim Tszyu va amerikalik Sebastyan Fundora o‘rtasidagi jangni tanqid qildi.
"Men jangni to‘xtatgan bo‘larmidim? Albatta! Ikkinchi raundning o‘zidayoq. Nima deya olasiz? Qon daryodek oqdi axir. Jangchining holatini hakam yoki shikokor bilmasa, uning o‘zidan so‘rash kerak edi. Agar bokschi ko‘ra olmasa raqibni, bahsni tezroq to‘xtatgan yaxshi. Jangchilarni himoya qilish lozim, axir ular ham inson. Jangni to‘xtatishdan tomoshabinlar xafa bo‘lishi mumkindir, biroq kardda ularni xursand qila oladigan boshqa janglar ham bor edi..." - dedi Garsiya EsNews You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tami, AQSh da bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvda Fundora ochkolar evaziga(112-116, 115-113, 116-112) Tszyuni mag‘lub etdi.
Fikrlar