Robben yozda "Benfika"ga o‘tishi mumkin

  • 9 may, 2019, 22:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Benfika" klubi "Bavariya" vingeri Aren Robbenga jiddiy qiziqib qoldi. Bu haqda Sport Bild nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra lissabonliklar allaqachon bu borada 35 yoshli gollandiyalik futbolchi bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan. Ta’kidlash kerakki, uning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va shu bois u "Benfik" safiga erkin agent safiga erkin agent sifatida borib qo‘shilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Robbenga shuningdek "Ayaks", PSV va "Groningen" kabi jamoalardan ham qiziqishlar bor.

Ma’lumot uchun, Robben joriy mavsum “Bavariya” safida jami 16ta o‘yinda maydonga tushdi va 5ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!