Robben yana APLga qaytishi mumkin
"Bavariya" vingeri Aren Robben faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga qaraganda 35 yoshli gollandiyalik futbolchining xizmatlariga "Lester" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Robbenning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi keyingi oyda o‘z nihoyasiga etadi va u erkin agentga aylanadi.
Ma’lumot uchun, Robben avval ham APLda to‘p surgan. U 2004-2007 yillarda Londonning “Chelsi” klubida o‘ynagan.



Fikrlar