Robben o‘z xizmatlarini A Seriya klubiga taklif qildi
Myunxenning "Bavariya" klubi vingeri Aren Robben faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda 35 yoshli gollandiyalik futbolchining agenti uning xizmatlarini "Latsio"ga taklif qilgan. Ta’kidlash kerakki, 30 iyun kuni Robbenning myunxenliklar bilan tuzgan shartnomasi o‘z nihoyasiga etadi va shundan so‘ng u erkin agentga aylanadi.
Ma’lumot uchun, Robben o‘tgan mavsum “Bavariya” safida jami 19ta o‘yinda maydonga tushdi va 6ta gol hamda 3ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
“Latsio” esa Italiya kubogini qo‘lga kiritdi va kelasi mavsum Evropa ligasida ishtirok etadigan bo‘ldi.



Fikrlar