
Robben: Menga asosan AQSh klublaridan takliflar bo‘lmoqda
"Bavariya" klubi vingeri Aren Robben kelajak faoliyati haqida gapirib o‘tdi. Ta’kidlash kerakki, 35 yoshli gollandiyalik futbolchi yozda myunxenliklar safidan ketadi.
“Men hali ham futbol o‘ynashni xohlayman. Men professional futbolchi sifatida yana 4-5 yil o‘ynashim mumkin. Biroq, hammasi sog‘ligimga bog‘liq. Faoliyatim davomida faqat sovrinlar uchun kurashdim, shuning uchun ham 8- yoki 6-o‘rinlar uchun kurashadigan jamoada o‘ynay olamanmi yoki yo‘q, bilmayman. Menga Evropadan va undan tashqarida ham takliflar bor. Asosan Qo‘shma Shtatlardan”, - deydi Robben.
Fikrlar