Robben kelajakdagi faoliyati haqida nimalar dedi?

  • 14 may, 2019, 06:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" klubi yarim himoyachisi Aren Robben myunxen klubini tark etganidan so‘ng faoliyatini futbolchi sifatida davom ettirishi haqida aytib o‘tdi.

Tecno

- Tan olish lozim, faoliyatimni davom ettirishni xohlayman, biroq jarohat tufayli 5 oy yo‘qotishni ham istamayman. Men yana 4-5 yil to‘p tepishga tayyorman, albatta, jarohatlardan forig‘ bo‘lgan holda.

Eslatib o‘tmoqchimanki, men butun umrim davomida turnirlarda g‘alaba qozonish uchun harakat qilganman. Shu sababdan ham 6-8 o‘rinlar uchun kurashadigan jamoada to‘p tepa olamanmi yo‘qmi bilmayman, - deya Robbenning so‘zlaridan iqtibos keltiradi  Kicker nashri.

Eslatib o‘tamiz, Robben faoliyatini "Benfika"da davom ettirishi haqida xabar bergandik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!