Rioda Felpsni dog‘da qoldirgan Olimpiada chempioni saralashdan o‘ta olmadi

CHERY AUTO

Ayni kunlarda Janubiy Koreyaning Kvangju shahrida suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Biroz avval bugungi kun dasturidan o‘rin olgan erkaklar o‘rtasida 100 metrga batterflyay usulida suzish bo‘yicha saralash o‘ktazildi.

Tecno

E’tiborlisi, unda ishtirok etgan Rio Olimpiadasi chempioni singapurlik Yozef Skuling pas natija bilan saralashdan o‘ta olmadi. Skuling masofani suzib o‘tish uchun 52.93 soniya sarfladi va bu yakunda 24-natija bo‘ldi. Yarim finalga eng yaxshi natija qayd etgan 16 sportchi yo‘l olgan.

Eslatib o‘tamiz, Yozef bundan 3 yil muqaddam xuddi shu yo‘nalishda Rio Olimpiadasida 50.39 soniya bilan chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. Uning bugungi natijasi Tokio Olimpiadasining normatvini bajarish uchun ham kifoya qilmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!