
Rio Ferdinand: "Tottenxem" tanqidchilarni jim qilib qo‘ydi"
"Tottenxem" bosh murabbiy Anje Postekoglu qo‘l ostidagi jamoa bilan Evropa ligasi finalida "Manchester Yunayted"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi va musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Bu klub uchun muhim tarkibiy o‘zgarishlardan biri bo‘ldi.
"Jamoa boshqa klublar tomonidan sovrin yuta olmayotgani haqida ko‘plab hazillar qurboni bo‘layotgan edi. Ammo endi ular ko‘pchilikning ovozini o‘chirdi.
Shu sababli, endi bu bo‘yicha bahslarni hozir to‘xtatishga to‘g‘ri keladi, chunki ular elkalaridagi yukni uloqtirib tashladi va kelajakda yanada rivojlanishga umid bog‘lashlari mumkin" - deya ta’rif berib o‘tdi "qizil iblislar"ning sobiq futbolchisi.
Shuningdek, kechagi muvaffaqiyatdan so‘ng "shporlar" kelasi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etish yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritishdi.
Fikrlar