Rim papasining vafoti sabab qoldirilgan o‘yinlar qaysi sanaga ko‘chirildi?
Dushanba, 21-aprel kuni Rim papasi Fransisk hayotdan ko‘z yumdi. U 88 yoshida vafot etdi.
Mazkur fojiali hodisa munosabati bilan Italiya chempionatining 33-turiga belgilangan "Torino"-"Udineze", "Kalyari"-"Fiorentina" va "Jenoa"-"Latsio" uchrashuvlari 23-aprel kuniga qoldirildi.
Hozirda, A Seriya turnir jadvalida etakchilikni Milanning “Inter” klubi egallab turibdi — Simon Indzagi shogirdlari 71 ochkoga ega. Ikkinchi o‘rinda shuncha ochkoga ega bo‘lgan “Napoli” bormoqda. Kuchli uchlikni 64 ochko to‘plagan “Atalanta” yakunlab turibdi.
A Seriyada jon saqlash uchun "Lechche", "Empoli" va "Venetsiya" jamoalari kurashishmoqda. Ularning orasidagi farqni bir ochko ajratib turibdi. "Monza" klubi esa, 33 ta o‘yinda 15 ochko to‘plab, B Seriyaga yo‘llanmani naqd qilgan.



Fikrlar